Sizning laboratoriyangizni uzluksiz ishlashi va eng yaxshi natijalarga erishishi uchun biz eng yaxshi yechimlar va yangiliklarni taqdim etamiz.
Bizning Xizmatlar
«Hayot technology» sizning laboratoriyangizni yaratish, rivojlantirish va laboratoriya mahsulotlarining barcha turdagi uskunalar uchun ilmiy maslahatlar, keng qamrovli xizmatlar va texnik jihatdan har tomonlama yordam beradi. Biz treninglar va konferentsiyalar orqali yangi innovatsion yechimlar bilan mijozlarimizning salohiyatini va bilimlarini oshirish haqida qayg’uramiz. Biz hamkorlar va mijozlar tarmog’ini mintaqaviy va xalqaro savdo ko’rgazmalari va biznes yarmarkalarida faol ishtirok etish bilan yanada kengaytiramiz.
- Mahsulot ta'minoti
- Trening va maslahatlar
- Konferensiyalar, seminarlar va ko'rgazmalarda ishtirok etish
- Logistika va omborxona xizmati
- Tenderlarda ishtirok etish/birgalikda ishtirok etish
Mahsulot ta'minoti
Hayot Technology O’zbekiston va Tojikistondagi buyurtmachilarga mahsulotni reklama qilish va marketingni amalga oshiradi hamda kafolat va kafolatdan keyingi davrlarda o’rnatish va texnik xizmat ko’rsatishni to’liq ta’minlaydi.


Trening va maslahatlar
Ko’pincha, bizning mijozlarimiz o’z laboratoriyalarini qanday ishlatishni va yuqori texnologik laboratoriya uskunalari ko’rsatkichlarini o’zgartirishi mumkin bo’lgan tadqiqot, diagnostika yoki boshqa sohalarni o’tkazish uchun qanday imkoniyatlar borligini bilishmaydi. Laboratoriya tarmog’i uchun zarur bo’lgan jihozlardan tortib, murakkab laboratoriya muhitlari uchun eng yaxshi yechimlarni ishlab chiqishga qadar individual ilmiy va amaliy tavsiyalar beramiz.
Konferensiyalar, seminarlar va ko'rgazmalarda ishtirok etish
Hayot Technology har yili bir nechta ixtisoslashtirilgan ko’rgazmalarda qatnashadi va hamkor ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni namoyish etadi. Biz hozirgi va kelajakdagi hamkorlarimizni vakili sifatida ularning ishtirokida yoki ular ishtirokisiz ham sog’liqni saqlash, sanoat, fan va qishloq xo’jaligida har yili o’tkaziladigan eng taniqli TIHE,
GET Central Asia, UzAgroExpo, UzMedExpo, UzMiningExpo, UzChemPlastExpo kabi ko’rgazmalarga faol va samarali qatnashamiz.


Logistika va omborxona xizmati
Hayot Technology ulgurji savdo va logistika ishlarini olib borish hamda talab qilinadigan ehtiyot qismlarni, sarf materiallarini omborxonalar bilan ta’minlash bo’yicha katta tajribaga ega.
Tenderlarda ishtirok etish/birgalikda ishtirok etish
O’zbekistonda xaridlarning aksariyati tenderlar orqali amalga oshiriladi. Hayot Technology O’zbekiston va Tojikistonda bo’lib o’tadigan barcha tenderlar va xaridlar to’g’risidagi e’lonlarni yangilab turadi. Talabnoma asosida hujjatlarini tayyorlashning barcha bosqichlarini amalga oshiradi. Potentsial mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni qo’llab-quvvatlash uchun mahalliy tender komissiyasi bilan o’zaro aloqalarni olib boradi.
